Rasmiy ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2022-yil 29-avgustdagi №6752-sonli xulosasi asosida tayyorlangan.
130K+
Yuklab olishlar
4.8/5
Google Play bahosi
5.0 versiyada
Qurʼonni oʻrganish uchun hammasi — bitta ilovada
Butunlay yangilangan dizayn, tezroq ishlash va yangi imkoniyatlar.

Tajvid ranglari bilan mus'haf
Madina mus'hafi (KFGQPC nashrlari): tajvid qoidalari rangda koʻrsatiladi, ranglar izohi doim qoʻl ostida.
Batafsil
Internetsiz qiroat
Oyat qiroati bir marta tinglangach qurilmada saqlanadi — keyin internetsiz eshitasiz.
Batafsil
Takrorlab yodlash
Oyat oraligʻini tanlang, takrorlar sonini belgilang — ilova oʻzi takrorlab beradi.
Batafsil
Tajvid saboqlari
Video va misollar bilan tajvidni bosqichma-bosqich oʻrganing.
Batafsil
Harflar va maxrajlar
Arab harflari va ularning chiqish joylarini boshidan oʻrganing.
Batafsil
Savol-javob
Har safar yangi savollar bilan bilimingizni sinab koʻring.
Batafsil
Tungi rejim
Kechasi ham koʻzni charchatmaydi — tajvid ranglari tunda ham aniq.
Batafsil
Tasbeh
Maqsad qoʻying va kunlik zikringizni sanang.
BatafsilAt-Tartil haqida
Qurʼonni toʻgʻri oʻqishni oʻrganing
At-Tartil — Qurʼoni Karimni tajvid bilan toʻgʻri oʻqishni oʻrganish uchun mobil ilova. Ilovadagi darslar va qiroat «Qurʼon ilmlari» kafedrasi mudiri, oliy sanad sohibi Jahongir qori Neʼmatovning ilmiy merosiga asoslangan.
Ilovada tajvid ranglari bilan Madina mus'hafi, oyatlarni takrorlab yodlash (hifz) uchun takrorlash oynasi, internetsiz qiroat, tajvid saboqlari, arab alifbosi, harflar va maxrajlar, savol-javob testlari hamda tasbeh bor.
Arab harflarini endi oʻrganayotganlar ham, Qurʼon yodlayotganlar ham, qiroatini mustahkamlamoqchi boʻlganlar ham oʻz darajasiga mos boʻlimni topadi. Ilova 12 tilda ishlaydi, iOS va Android uchun bepul yuklab olinadi.
Savol-javoblar
At-Tartil qanday ilova?
Qurʼonni tajvid bilan toʻgʻri oʻqishni oʻrganish uchun ilova: tajvid ranglari bilan Madina mus'hafi, qiroat, oyatlarni takrorlab yodlash, tajvid saboqlari, harflar va maxrajlar, savol-javob va tasbeh.
Ilova bepulmi?
Yuklab olish bepul. Roʻyxatdan oʻtganda 7 kun barcha imkoniyatlar bepul ochiladi. Tasbeh doim bepul; mus'haf, qiroat, takrorlash va testlar — Pro obunada.
Darslar kimning ilmiy merosiga asoslangan?
Jahongir qori Neʼmatovning ilmiy merosiga — ustozning roziligi bilan. Ilovani TIYN ZAYTUN jamoasi ishlab chiqqan.
Ilova rasmiy ruxsatga egami?
Ha. Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2022-yil 29-avgustdagi №6752-sonli xulosasi asosida tayyorlangan.
Arab tilini bilmasam ham Qurʼon oʻqishni oʻrgana olamanmi?
Ha. «Harflar va maxrajlar» boʻlimi arab alifbosidan, har bir harfning talaffuzi va chiqish joyidan boshlaydi.
Ilova internetsiz ishlaydimi?
Yuklab olingan mus'haf nashrlari va bir marta tinglangan oyatlar qiroati internetsiz ishlaydi. Video darslar uchun internet kerak.
Ilova qaysi tillarda?
12 tilda: oʻzbek (lotin va kirill), rus, ingliz, arab, turk, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, nemis va fransuz.
Ilovadan qanday foydalanishni bilmoqchimisiz?
Har bir imkoniyat rasmlar va qadamma-qadam tushuntirishlar bilan.
Ilmiy sanad sohibi va tajribali murabbiy
Ushbu ilova Jahongir qori Neʼmatovning koʻp yillik tajribalari va Qohira, Iskandariya shaharlarida olgan oliy sanadlari asosida tayyorlangan.
- «Qurʼon ilmlari» kafedrasi mudiri
- Oliy sanad sohibi (Shotibiy yoʻli)

