At-Tartil · macOSAt-Tartil · Windows
Kompyuter uchun qoʻllanma
At-Tartil ilovasi Mac kompyuterda — oyna tuzilishi, mus'haf, qiroat, darslar va klaviatura tugmalari. Kerakli boʻlimni tanlang yoki qidiring.At-Tartil ilovasi Windows kompyuterda — oyna tuzilishi, mus'haf, qiroat, darslar va klaviatura tugmalari. Kerakli boʻlimni tanlang yoki qidiring.
Hech narsa topilmadi. Boshqa soʻz bilan qidirib koʻring.
Boshlash: oʻrnatish va kirish
At-Tartil Mac uchun Mac App Storeda. macOS 13 (Ventura) va undan yangi versiyalarda ishlaydi — Apple Silicon (M1 va yangi) hamda Intel protsessorli Mac’larda.At-Tartil Windows uchun Microsoft Storeda. Windows 10 (1809 versiyasi va yangi) hamda Windows 11 da, 64-bitli (x64) kompyuterlarda ishlaydi.
-
1
Oʻrnatish
Mac App Store’da At-Tartilni toping va Yuklab olish ni bosing. Ilova Dasturlar (Applications) papkasiga tushadi va Launchpad’da paydo boʻladi.Microsoft Store’da At-Tartilni toping va Olish ni bosing. Ilova Start menyusida paydo boʻladi.
-
2
Mehmon rejimi
Birinchi ochilganda ilova mehmon rejimida ochiladi. Yuqori oʻng burchakdagi Kirish tugmasi — hisobga kirish oynasi.
-
3
Bitta hisob — hamma qurilmada
Telefondagi hisobingiz bilan kiring: Pro obuna, ism va maʼlumotlar kompyuterda ham oʻsha. Hisob yoʻq boʻlsa — Roʻyxatdan oʻtish (telefon yoki email, keyin 4 xonali kod).
-
4
7 kunlik sinov
Yangi hisob ochganingizda 7 kun barcha imkoniyatlar bepul. Karta talab qilinmaydi.
Oyna tuzilishi
Kompyuterda ilova keng oynada ochiladi: chapda yon menyu, tepada sarlavha qatori, pastda pleyer. Oynani istalgan oʻlchamga keltiring — sahifalar oʻzi moslashadi.
-
1
Yon menyu
Barcha boʻlimlar: Bosh sahifa, Qurʼon, Harflar va maxrajlar, Tajvid saboqlari, 30 pora tilovati, Tasbeh, shuningdek Shaxsiy: Eslatmalarim, Takrorlash, Sozlamalar. Boʻlimlar oʻz holatini eslab qoladi — qaytganingizda qolgan joyingizda ochiladi.
-
2
Menyuni yigʻish
Yon menyu faqat belgilar koʻrinishiga oʻtadi — sahifa uchun koʻproq joy.
- 3
-
4
Tungi / kunduzgi koʻrinish
Bir bosishda almashtiriladi (batafsil).
-
5
Xabarnomalar
Qizil raqam — oʻqilmagan xabarlar. Bosganda roʻyxat ochiladi (batafsil).
-
6
Profil
Ismingiz va obuna muddati. Bossangiz — Sozlamalar.
-
7
Pleyer
Qiroat ijro boʻlayotganda har bir sahifada pastda turadi (batafsil).
Bosh sahifa
Ilovaning markazi: oʻqishni davom ettirish, kun oyati, darsliklar va eslatmalar.
-
1
Oʻqishni davom ettirish
Oxirgi oʻqigan surangiz va oyatingiz. Davom etish — mus'haf aynan oʻsha oyatda ochiladi, Tinglash — qiroat oʻsha joydan boshlanadi.
-
2
Kun oyati
Har kuni yangi oyat. Tinglash va ulashish tugmalari.
-
3
Takrorlashni boshlash
Oyatlarni takrorlab yodlash oynasi (batafsil).
-
4
Darsliklar
Harflar va maxrajlar, Tajvid saboqlari, Qurʼon oʻqishni boshlaymiz, 30 pora tilovati, Tasbeh.
-
5
Foydalanish qoʻllanmasi
Shu sahifani ochadi.
Tez qidiruv (⌘ K)Tez qidiruv (Ctrl K)
Istalgan sahifadan ⌘ K ni bosing — sura, boʻlim yoki arabcha soʻz boʻyicha oyatni darhol toping.Istalgan sahifadan Ctrl K ni bosing — sura, boʻlim yoki arabcha soʻz boʻyicha oyatni darhol toping.
-
1
Yozing
Sura nomi yoki raqami (Yosin, 36), boʻlim nomi (Tasbeh) yoki arabcha soʻz.
-
2
Tanlang
↑ / ↓ bilan yuring, Enter — ochiladi. Esc — yopiladi.
Mus'haf: Qurʼon oʻqish PRO
Kompyuterda mus'haf ikki sahifa yonma-yon — bosma kitobdagidek. Yon menyudagi Qurʼon yoki Bosh sahifadagi Davom etish.
-
1
Suralar paneli
Suralar va juzlar roʻyxati, qidiruv bilan. Bossangiz — oʻsha sura ochiladi.
-
2
Koʻrinish
Ikki sahifa, Bir sahifa yoki Qurʼon matni (oyatlar kartochkalar koʻrinishida — batafsil).
-
3
Tajvid ranglari maʼnosi
Rangli nuqtalar — har bir rang qaysi qoidani bildirishi.
-
4
Oyat paneli
Tanlangan oyat amallari oʻng tomonda ochiladi (pastda).
-
5
Sakrash
Sahifa, juz yoki oyat raqamini kiriting va Enter. Oxirgi joylar ham shu yerda.
-
6
Qiroat sozlamalari
Mus'haf bezagi, oʻqish tartibi, sahifa rangi, nashr (batafsil).
-
7
Toʻliq ekran
Faqat mus'haf qoladi — chalgʻitmasdan oʻqish uchun. Esc — chiqish.
-
8
Varaqlash
Strelkalar yoki klaviaturadan ← / →, Page Up / Page Down. Sensorli panelda ikki barmoq bilan suring.
-
9
Sahifa / juz
Boshqa sahifa yoki juzga tez oʻtish.
Oyatni bosing — oyat paneli
-
1
Shu oyatdan tinglash
Qiroat aynan shu oyatdan boshlanadi.
-
2
Takrorlash, Eslatma, Ulashish, Nusxalash
Oyatni takrorlash oynasiga qoʻyish, Eslatmalarimga saqlash, havola bilan ulashish yoki matnini nusxalash.
-
3
Ajratish
Oyatni rang bilan belgilab qoʻying.
-
4
Shu yerda toʻxtadim
Bosh sahifadagi Davom etish aynan shu oyatdan ochadi.
-
5
Oldingi / keyingi oyat
Panel yopilmasdan qoʻshni oyatga oʻtish.
Sakrash
Qurʼon matni rejimi PRO
Oyatlar kartochkalar koʻrinishida, yirik yozuv bilan — oʻqish va yodlash uchun qulay. Mus'hafning yuqori panelidagi Qurʼon matni.
-
1
Yozuv oʻlchami
Yuqoridagi A− / A+ — arabcha matnni kichraytirish yoki kattalashtirish.
-
2
Har oyatda ▶
Oyat qiroatini shu joydan boshlaydi.
-
3
Qiroatni kuzatish
Ijro paytida oʻqilayotgan oyat ajratib koʻrsatiladi va sahifa oʻzi suriladi. Oʻzingiz pastga surib oʻqisangiz — sahifa sizni orqaga tortmaydi.
-
4
Matnni belgilash
Sichqoncha bilan oyatning bir qismini belgilab ⌘ C — nusxa olinadi.Sichqoncha bilan oyatning bir qismini belgilab Ctrl C — nusxa olinadi.
Mus'haf koʻrinishi va tajvid ranglari PRO
Mus'hafning yuqori panelidagi Koʻrinish → Qiroat sozlamalari. Har bir oʻzgarish darhol saqlanadi.
-
1
Mus'haf bezagi
Ramkali — bosma kitob kabi bezakli hoshiya, Ramkasiz — matn uchun koʻproq joy.
-
2
Oʻqish tartibi
Ikki sahifa, Bir sahifa yoki Qurʼon matni.
-
3
Mus'haf rangi
Avto (ilova mavzusiga moslashadi), oq, sepiya, yashil yoki tungi qogʻoz.
-
4
Mus'haf koʻrinishi
Nashrni tanlang: Madina nashrlari va tajvid rangli nashr. Yangi nashr birinchi marta tanlanganda yuklab olinadi.
-
5
Tajvid ranglari
Yoqing yoki oʻchiring. Rangli nuqtalar — har bir rang maʼnosi.
Qiroat pleyeri va «Tinglash» sahifasi PRO
Oyatlar qiroati — Jahongir qori Neʼmatov ovozida. Bir marta tinglangan oyat kompyuterda saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi.
Pastki pleyer
-
1
∞ — cheksiz takror
Joriy oyatni toʻxtovsiz takrorlaydi. ⏮ / ⏭ bosilsa ham yoqiq qoladi.
-
2
⏮ / ⏭
Oldingi va keyingi oyat.
-
3
−15 / +15
Joriy oyat ichida 15 soniya orqaga yoki oldinga.
-
4
▶ / ⏸
Ijro va pauza. Klaviaturadan — Boʻsh joy (matn yozilmayotgan boʻlsa).
-
5
Tezlik
0.5× dan 2× gacha. Tanlangan tezlik eslab qolinadi.
-
6
Chiziq
Oyatning qayeri ijro etilayotgani. Bosing yoki suring — oʻsha joyga oʻtadi.
Paneldagi boshqa elementlar
-
1
Sura nomi (chapda)
Bossangiz — mus'haf ochiladi, ijro etilayotgan oyat ajratib koʻrsatiladi.
-
2
Ovoz balandligi (oʻngda)
Ilova ichidagi ovoz. Keyingi ochilishda ham eslab qolinadi.
-
3
⌃ — Tinglash sahifasi
Oyatma-oyat kuzatib tinglash sahifasini ochadi (pastda). ⌄ — qaytaradi.
-
4
✕
Pleyerni yopadi va qiroatni toʻxtatadi.
«Tinglash» sahifasi
-
1
Oyatma-oyat kuzatish
Butun sura matni; oʻqilayotgan oyat ajratilgan va sahifa unga ergashadi. Oyatni bossangiz — qiroat oʻsha oyatdan davom etadi.
-
2
Navbatda
Keyingi suralar. Bossangiz — oʻsha sura ijro etiladi.
Takrorlash: oyatlarni yodlash PRO
Oyatlar oraligʻini tanlang va necha marta takrorlanishini belgilang — ilova oʻzi oʻqib beradi, siz esa ortidan takrorlaysiz.
-
1
Oraliq boshi
Boshlanish surasi va oyati.
-
2
Oraliq oxiri
Tugash surasi va oyati. Oraliq bir nechta surani ham qamrab olishi mumkin.
-
3
Oraliq takrori
Butun oraliq necha marta takrorlansin: 1 dan 100 gacha yoki ∞ (toʻxtatguningizcha).
-
4
Har oyat
Har bir oyat ketma-ket necha marta oʻqilsin (1–100).
-
5
Tinglash ▶
Takrorlash boshlanadi va mus'haf oʻqilayotgan oyatni kuzatib boradi.
Eslatmalarim (saqlangan oyatlar) PRO
Mus'hafda saqlagan oyatlaringiz shu yerda yigʻiladi. Yon menyudagi Eslatmalarim.
-
1
Oyatni oching
Kartani bosing — mus'haf aynan oʻsha oyatda ochiladi va oyat bir lahza ajratib koʻrsatiladi.
-
2
Eslatma qoʻshish va oʻchirish
Mus'hafda oyatni bosib, oyat panelidagi Eslatma.
Tajvid saboqlari
Yon menyudagi Tajvid saboqlari. Uch boʻlim: nazariy darslar, video darslar va savol-javob.
-
1
Boʻlimlar
Nazariy darslar (PRO), Video darslar, Savol-javob (PRO).
-
2
Modullar
Chapdagi roʻyxatdan darsni tanlang — oʻngda ochiladi.
-
3
Video va matn
Dars videosi va qoidaning qisqacha mazmuni, arabcha misollar bilan.
-
4
Qismlar
Dars bir necha qismdan iborat boʻlsa — yorliqlar.
Video darslar
-
1
Roʻyxat
Oʻngdagi roʻyxatdan videoni tanlang. Koʻrilgan darslar va qayerda toʻxtaganingiz eslab qolinadi.
-
2
Boshqaruv
Ijro, surish va toʻliq ekran videoning ostida. Boʻsh joy — ijro / pauza, Esc — toʻliq ekrandan chiqish.
Harflar va maxrajlar
Arab harflari va ularning chiqish joylari (maxraj) — Qurʼon oʻqishni boshidan oʻrganuvchilar uchun.
-
1
Arab alifbosi (PRO)
28 harf. Harfni bosing — oʻngda harakatlar va sukun bilan yozilishi, maxraj tavsifi va Talaffuzni eshitish.
-
2
Video darslar
Alifboni bosqichma-bosqich oʻrgatuvchi video darslar (hisobga kirish kerak).
-
3
Savol-javob (PRO)
Harflar boʻyicha test (batafsil).
Savol-javob (test) PRO
Tajvid saboqlari va Harflar boʻlimlaridagi Savol-javob. Har safar 10 tagacha yangi savol tanlanadi.
-
1
Javobni tanlang
Variantni bosing yoki klaviaturadan A / B … tugmalari.
-
2
Tekshirish
Enter yoki Tekshirish — javob toʻgʻri yoki xato ekani koʻrsatiladi, keyin keyingi savol.
-
3
Savollar xaritasi
Oʻngda: nechanchi savoldasiz, sarflangan vaqt va natijalar.
Tasbeh
Namozdan keyingi tasbehlar, zikrlar, salovatlar va oʻzingizning sanoqlaringiz. Bepul, internetsiz ishlaydi.
-
1
Yorliqlar
Namoz (33 + 33 + 33 + 1), Zikr, Salovat, Mustaqil.
-
2
Sanash
Doirani bosing yoki klaviaturadagi Boʻsh joy — har bosishda +1.
-
3
Keyingi zikr
Maqsadga yetganda keyingi zikrga oʻzi oʻtadi; tugma bilan ham oʻtish mumkin.
Tungi rejim
Kechasi koʻzni charchatmaydigan qorongʻi koʻrinish. Tajvid ranglari tunda ham aniq.
-
1
Bir bosishda
Sarlavha qatoridagi oy / quyosh belgisi.
-
2
Sozlamalarda
Sozlamalar → Koʻrinish: Yorugʻ, Qorongʻu yoki Tizim boʻyicha (macOS mavzusiga moslashadi).Sozlamalar → Koʻrinish: Yorugʻ, Qorongʻu yoki Tizim boʻyicha (Windows mavzusiga moslashadi).
-
3
Faqat mus'haf uchun
Qiroat sozlamalari → Mus'haf rangi.
Pro obuna va toʻlov
Pro — mus'haf, qiroat, takrorlash, eslatmalar, nazariy darslar va testlarni ochadi. Obuna hisobga bogʻlangan: telefonda olingan Pro kompyuterda ham ishlaydi. Avtomatik yechib olinmaydi.
-
1
Tarifni tanlang
Sozlamalar → Obuna → Tariflarni koʻrish. 1, 3, 6 oylik yoki yillik.
-
2
Toʻlov usuli
Payme, Click yoki Karta orqali.
-
3
Payme / Click
Toʻlov sahifasi brauzerda ochiladi. Toʻlagach ilovaga qaytib Toʻlovni tekshirish ni bosing.
-
4
Karta orqali
Karta raqami va amal qilish muddati → Kod yuborish → SMS kod → Tasdiqlash va toʻlash.
Pro hadya qilish
Yaqinlaringizga Pro obunani hadya qiling — qabul qiluvchida u darhol ochiladi.
-
1
Hadya oynasi
Sozlamalar → Obunani hadya qilish.
-
2
Tarif va tabrik
Muddatni tanlang va kartada nima yozilishini kiriting — masalan, «Onajonimga sovgʻa».
-
3
Kimga
Qabul qiluvchining telefon raqami yoki emaili (u At-Tartilda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak).
-
4
Toʻlov va ulashish
Tuhfa ulashish → toʻlov. Keyin hadya kartasini yuklab olish yoki Telegram orqali yuborish mumkin.
Sizga hadya qilinganda
Ilova ochilganda tabrik oynasi chiqadi: kim hadya qilgani va qaysi imkoniyatlar ochilgani. Hadyani qabul qilaman — Pro darhol ishlaydi.
Referral: doʻstlarni taklif qilish
Doʻstingiz sizning kodingiz bilan roʻyxatdan oʻtsa — ikkalangizga bepul obuna kunlari.
-
1
Referral oynasi
Sozlamalar → Referral.
-
2
Kodingiz
Nusxa olish — kod nusxalanadi. Referralni ulashish — tayyor xabar.
-
3
Statistika
Taklif qilgan foydalanuvchilaringiz soni va roʻyxati.
Xabarnomalar
Yangiliklar, tabriklar va tajvid boʻyicha Tezkor savollar. Sarlavha qatoridagi 🔔 belgisi.
-
1
Tez koʻrish
🔔 ni bosing — oxirgi xabarlar roʻyxati ochiladi. Esc — yopiladi.
-
2
Barchasini koʻrish
Toʻliq sahifa: chapda roʻyxat, oʻngda tanlangan xabar.
-
1
Oʻqilmaganlar
Oltin fonda va nuqta bilan. Barchasi oʻqilgan — hammasini belgilash.
-
2
Tezkor savol
Toʻgʻri yoki Xato ni tanlang. Xato boʻlsa — ustozning video izohi.
Sozlamalar
Yon menyudagi Sozlamalar, profilingizni bosish yoki ⌘ , (macOS menyusidagi «Settings»).Yon menyudagi Sozlamalar, profilingizni bosish yoki Ctrl ,.
-
1
Hisob
Profil (ismni oʻzgartirish), Obuna, Obunani hadya qilish, Referral.
-
2
Ilova
Koʻrinish (mavzu), Til — 12 til, Yuklangan qiroatni tozalash.
-
3
Yordam
Foydalanish qoʻllanmasi, qoʻllab-quvvatlash, ilovaga baho berish, Dastur haqida.
Klaviatura tugmalari
Sichqonchasiz tez ishlash uchun.
-
1
⌘ KCtrl K
Tez qidiruv: sura, oyat, boʻlim.
-
2
⌘ ,Ctrl ,
Sozlamalar.
-
3
Boʻsh joy
Qiroat: ijro / pauza. Tasbehda — sanash. Video ochiq boʻlsa — video.
-
4
← → · Page Up Page Down
Mus'hafda sahifa varaqlash.
-
5
Esc
Panel, oyna yoki toʻliq ekrandan chiqish.
-
6
⌘ [ yoki sichqonchaning «orqaga» tugmasiAlt ← yoki sichqonchaning «orqaga» tugmasi
Oldingi sahifaga qaytish.
-
7
Tab · Enter
Tugmalar boʻylab yurish va bosish.
-
8
⌃ ⌘ FF11
Oynani butun ekranga kengaytirish (macOS).Oynani butun ekranga kengaytirish; chiqish — yana F11 yoki Esc.
-
9
F1
Ilova ichidagi foydalanish qoʻllanmasi.
Ilovani yangilash
Yangi versiyalar Mac App Store orqali keladi.Yangi versiyalar Microsoft Store orqali keladi.
-
1
Avtomatik
Mac App Store sozlamalarida avtomatik yangilanish yoqilgan boʻlsa — oʻzi yangilanadi.Microsoft Store ilovalarni odatda oʻzi yangilaydi. Qoʻlda: Microsoft Store → Kutubxona → Yangilanishlarni olish.
-
2
Ilova ichida
Yangi versiya chiqqanda ilova xabar beradi: Yangilab olish — App Store’dagi sahifa ochiladi.Yangi versiya chiqqanda ilova xabar beradi: Yangilab olish — Microsoft Store’dagi sahifa ochiladi.
Koʻp beriladigan savollar
Mac uchun alohida pul toʻlashim kerakmi?Windows uchun alohida pul toʻlashim kerakmi?
Yoʻq. Ilovani yuklab olish bepul, Pro obuna hisobingizga bogʻlangan — telefonda olingan Pro kompyuterda ham oʻsha hisob bilan ishlaydi.
Qaysi Mac’larda ishlaydi?Qaysi kompyuterlarda ishlaydi?
macOS 13 (Ventura) va undan yangi versiyalarda — Apple Silicon (M1 va yangi) hamda Intel protsessorli Mac’larda.Windows 10 (1809 va yangi) hamda Windows 11, 64-bitli (x64) kompyuterlarda.
Qiroatni internetsiz tinglasa boʻladimi?
Ha. Bir marta tinglangan oyat kompyuterda saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi.
Telefondagi eslatmalarim va oʻqish joyim kompyuterda ham koʻrinadimi?
Hozircha yoʻq — eslatmalar, oʻqish belgilari va tasbeh sanoqlari har bir qurilmada alohida saqlanadi. Obuna va hisob esa umumiy.
Bitta oyatni qanday qilib cheksiz takrorlayman?
Pleyerdagi ∞ tugmasini bosing — joriy oyat toʻxtovsiz takrorlanadi (batafsil).
Klaviaturadan boshqarsa boʻladimi?
Ha: Boʻsh joy — ijro / pauza, ← / → — sahifa, ⌘ K — qidiruv, Esc — yopish. Toʻliq roʻyxat — Klaviatura tugmalari.Ha: Boʻsh joy — ijro / pauza, ← / → — sahifa, Ctrl K — qidiruv, Esc — yopish. Toʻliq roʻyxat — Klaviatura tugmalari.
Muammo boʻlsa qayerga yozaman?
Sozlamalar → Qoʻllab-quvvatlash yoki Telegram: @inquiryuz.
Yangilangan: 2026-10-31 · At-Tartil 5.0